SHARTNOMA


AIST Pro TREYDERLIK KURSLARI




1. Shartnoma mavzusi.
1.1. IJROCHI, BUYURTMACHI talabiga binoan bir oy davomida, haftasiga ikki kun “Forex texnik tahlil” nomli kursda repetitorlik xizmatini bajarish majburiyatini oladi. Dars kunlari, vaqti va tartibi IJROCHI tomonidan belgilanadi
1.2. Kurs doirasida, birinchi dars kunidan boshlab AIST Pro jamoasi tomonidan, BUYURTMACHIGA 3 oylik online qo'llab quvvatlash taminlanadi
1.2.2. Online qo'llab quvvatlash nimalardan iborat: Telegram messenger da tashkil qilingan mahsus o'quv guruhi orqali o'quvchilarning mavzuga oyid savollariga javob berish, qoshimcha ko'rsatmalar berish
1.3.AIST Pro VIP kanaliga 1 oylik bepul obuna imkoniyatini ochib beradi
1.4.
1.2. BUYURTMACHI shartnomada nazarda tutilgan to’lovni IJROCHI taqdim etgan bank kartasiga (8600 1404 6285 0612) yoki naqd ko’rinishida amalga oshirishi shart va ish natijalarini qabul qilib olishi zarur.

2. To’lov tartibi va dars qoidalari.
2.1. Barcha to’lovlar 100% oldindan to’lov orqali amalga oshadi.
2.2. Kurs davomida va kursdan keyin ijobiy natijaga ijrochi kafolat berilmaydi. Berilayotgan bilimlarni o`zlashtirish va ularni to’g’ri qo’llash va ijobiy natijaga erishish faqatgina buyurtmachining o’ziga bog`liq.
2.3. Buyurtmachi darslarga qatnasha olmasa uning uchun dars takroran o’tib berilmaydi, darsning videosi yozib berilmaydi, qatnashmagan darslari uchun buyurtmachi o’zi javobgar.
2.4. Darslarni videoga, diktafonga yozish taqiqlanadi.

3. Ishlarning boshlanish va tugallash muddatlari va topshirish tartibi.
3.1. Ushbu shartnoma kuchga kirish sanasi sayt orqali buyurtma tugmachasi bosilishi muvaffaqiyatli amalga oshishi bilan.
3.2. Kursning tugash sanasi, kurs boshlanishidan 30-35 kalendar kuni o'tgach

4. Yakuniy qoidalar.
4.1. IJROCHI shartnomani bir tomonlama tugatish sabablari quyidagi:
- BUYURTMACHI to’lovni to’liq qilmaganda.
- BUYURTMACHI dars jarayonida darsni o’tishda halaqit qilsa.
- Shartnomada ko’rsatilgan odamlardan tashqari boshqa odamlar ishtirok etsa.
4.2. To’lov amalga oshirilganidan keyin, kurs boshlanishidan oldin BUYURTMACHI tomonidan shartnomani bekor qilish talabi qo’yilsa, qilingan to’lovdan 70% qaytariladi.
4.3. Kurs boshlanganidan keyin BUYURTMACHI tomonidan shartnoma tugatilsa, qilingan to’lov qaytarilmaydi.